×

Karimov Fondi: O‘zbekiston iqtidorli yoshlari o‘rtasida IV-grantlar tanlovi; G‘olib Yevropada o‘qiydi!


Grant

MUHLAT

05.11.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Yevropa ittifoqi

O'QILGAN

11699 marta

Oʻzbekiston Respublikasining Karimov Fondi xorij oliygohlarida tahsil olish uchun O‘zbekiston iqtidorli yoshlari orasida IV-grantlar tanlovini e’lon qiladi.

Karimov Fondi O‘zbekistonning iqtidorli va iste’dodli yigit-qizlari o‘rtasida xorijiy oliy ta’lim muassasalarida tahsil olish uchun uchinchi grantlar tanlovini mamnuniyat bilan e’lon qiladi. Karimov Fondining yangi ta’lim grantlari quyidagi mutaxassisliklar bo‘yicha Yevropaning oliy ta’lim muassasalarida magistratura bosqichida tahsil olish imkonini beradi:

  • Qayta tiklanuvchan energiya manbalari;
  • Kimyo texnologiyasi;
  • Suv va yer resurslarini boshqarish;
  • Mashinasozlik texnologiyalari;
  • Bino va inshootlarni qurish;
  • Avtomobil yo‘llari, ko‘priklar, tonnellar, yo‘l o‘tkazgichlar va aerodromlarni loyihalash va qurish;
  • Tekstil sanoati texnologiyalari va uskunalari;
  • Turizm xizmatlarini tashkil etish va boshqarish;
  • Axborot xizmatlari va jamoatchilik bilan aloqalar.

Grant kimlar uchun?

Magistratura bosqichida oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grant sovrindorlarining chet elda tahsil olish va yashash xarajatlari (2 yilgacha) Fond tomonidan moliyalashtiriladi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • Tanlovda 35 yoshgacha boʻlgan nomzodlar ishtirok etishi mumkin.
  • Tanlovda O‘zbekiston yoki chet el oliy ta’lim muassasasini bitirgan yoki uning so‘nggi kursida tahsil olayotgan nomzodlar ishtirok etishlari mumkin.
  • Nomzod ingliz, nemis yoki fransuz tillarini a’lo darajada bilishi zarur.

Dasturga qabul jarayoni:

Tanlovda ishtirok etish uchun hujjatlar onlayn tarzda qabul qilinadi. Hujjatlarni topshirish uchun SHU YERNI bosing.

Hujjat topshirish havolasi 2019-yil 15-oktyabrdan 10-noyabrgacha amalda boʻladi.

Nomzodlar quyidagi hujjatlarni topshirishi lozim:

  • Fond tomonidan tasdiqlangan shakldagi tanlovda ishtirok etishga ariza;
  • Oliy taʼlim muassasasi rektori (tashkilot, korxona, muassasa rahbari) nomidan tanlovda munosib nomzod sifatida ishtirok etishi toʻgʻrisidagi Tavsiyanoma;
  • Oliy taʼlim muassacasining oxirgi bosqichida tahsil olayotganligi toʻgʻrisida maʼlumotnoma;
  • Pasport nusxasi;
  • Oliy taʼlim muassasasini bitirganligi toʻgʻrisidagi Diplom nusxasi;
  • Baholari koʻrsatilgan diplom ilovasi nusxasi yoki reyting daftarchasi nusxasi;
  • Tanlov ishtirokchisi tomonidan imzolangan “Chet el oliy taʼlim muassasalarida magistrlik dasturi boʻyicha tahsil olish uchun Islom Karimov nomidagi respublika xayriya jamoat fondi taʼlim grantlarini olish boʻyicha oʻtkaziladigan IV-tanlov Nizomi”dan koʻchirma.

Tanlov toʻgʻrisidagi yangiliklar va taqdim etiladigan hujjatlar namunalari Karimov Fondi grantlariga bagʻishlangan maxsus telegram-kanalda havola etilgan: https://t.me/GrantFondKarimov

Batafsil maʼlumot uchun telefonlar: +99871 237-34-20; +99871 237-38-13.
E-mail: info@fondkarimov.uz

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!